Biz Sizlarni Sixt Oʻzbekiston sahifasida qutlashdan mamnunmiz!
Rent-a-car xizmati Oʻzbekistonda endigina rivojlana boshlanganiga qaramay, servisning sifati toʻgʻrisida xavotirlanishning hojati yoʻq – Toshkent aeroportining oʻzidayoq sizni, oʻzining asriy anʼanalari, yevropalik standartlari va haqiqiy “nemischa” sinchkov yondoshuvi bilan Sixt kutib oladi!
Haydovchi bilan yoki usiz, biznes yoki Toshkent, Samarqand va boshqa mashhur shaharlar boʻyicha mustaqil sayyohatlar maqsadlarida Sixt Uzbekistan avtomobilini ijaraga olish – bu minimal sarf-xarajatlar, qulaylik va harakatlarning toʻliq erkinligini kafolotlovchi bir joydan ikkinchi joyga harakatlanish vositasining optimal tanlovi.
Toshkent, Samarqand, Chimganning ajoyib togʻlari va Chorvoqning xushmanzarali koʻliga borish uchun 6 va 12 soatlik turlarga otlaning.
Avtomobilni, misol uchun, Toshkentdagi SixtUzbekistan prokat punktidan (aeroport oldida markaziy yoki Wyndham otelida) olib va uni Samarqandda topshirib, shaxsiy avtomobilingizda Buyuk Ipak Yoʻli marshrutining bir qismini bosib oʻting. Oʻzbekiston shaharlarining tarixiy diqqatga sazovor joylarining sanogʻi yoʻq – sizlarga qulay boʻlishi uchun albatta tashrif buyurish lozim boʻlgan joylarning qisqacha roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz:
TOSHKЕNT | SAMARQAND | BUXORO | XIVA |
“Xasti-Imom” majmuasi | Registon maydoni | Labi Hovuz majmuasi | Ichon qalʼasi |
Qadimgi “Chorsu” bozori | Goʻri Amir maqbarasi | Kalon majmuasi | Kalta minor |
Amir Temur hiyoboni | Shohi-Zinda maqbarasi | Ark qalʼasi | Koʻhna Ark qalʼasi |
Toshkent teleminorasi | Bibi-Xonim masjidi | Ismoil Somoniy maqbarasi | Pahlavon Mahmud maqbarasi |
Alisher Navoiy nomli Milliy bogʻ | Xoja Doniyor maqbarasi | Savdo gumbazlari – Toqi Zargaron | Islom Xoʻja minorasi |
Eʼtibor qaratishingizni soʻraymiz – Oʻzbekistonda ijaraga avtomobilni topshirishda oʻzingiz bilan haydovchilik guvohnomasi va pasportni olib oling.
Sixt avtomobil ijarasi xizmatlari xodimlarning servis darajasi va faqat yangi mashinalarni ijaraga taqdim etiladigan sifati bilan tanilgan. Sixt Uzbekistan mijozlari hamisha ijara toʻgʻrisida bitimni tuzishdan avval avtomobilni yaxshilab koʻrib chiqishlari mumkin.
Avtomobil prokati xizmatlarining standart paketiga “qoʻshimcha haydovchi” funksiyasi, GPS navigator, bolalar kreslosi, sugʻurta va hokazolardan iborat bir qator qoʻshimcha opsiyalar ham tanlab olinadi. Ijara shartlari havolasi boʻyicha batafsil axborotni olishingiz mumkin.
Sizning kelish kuningizga tanlangan avtomobilni zaxiralab qoʻyish uchun Sixt Uzbekistan saytidagi talabnoma shakli orqali yoki koʻrsatilgan kontaktlardan biriga murojaat qiling. Kompaniya avtoparkida siz talablar va byudjetga mos keladigan optimal avtomobilni topasiz. Eng yaxshi narx takliflarini olish uchun Facebookdagi sahifamizga obuna boʻling.
Hisobingiz bor-yo'qligini tekshiramiz.
DAVOM ETING